So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
A Pro-ligada «Orol» o'rnini PFL kubogi-2019 finalchisi egallaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1393

A Pro-liganing 2019 yilgi mavsumida 8 ta jamoa ishtirok etishi hamda Professional futbol ligasi ayni paytda jamoalarni saralab olayotgani haqida xabar bergan edik.
Ayni paytga kelib A Pro-liganing 2019 yilgi mavsumida qatnashuvchi jamoalar nomi deyarli to'liq ma'lum bo'lib ulgurgan. Dastavval e'lon qilinganidek, “Mash'al”, “Neftchi”, “Sho'rtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatorida e'tirof etilgan “Orol” klubi esa A Pro-ligada emas, balki B Pro-ligada qatnashish niyatida ekanini ma'lum qildi. Nukusliklar bu borada PFLga rasmiy murojaat bilan chiqishdi.
Bilasiz, ayni paytda davom etayotgan PFL kubogi-2019 musobaqasi g'olibi A Pro-liga yo'llanmasiga ega bo'ladi. A Pro-ligada bo'sh qolayotgan “Orol” jamoasining o'rni ham PFL kubogi-2019 finalchisi bilan to'ldiriladigan bo'ldi.
Shu boisdan ertaga soat 11:00da PFL kubogi yarim finaliga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.
Ta'kidlab o'tamiz, PFL kubogi-2019 final uchrashuvi 22 mart kuni bo'lib o'tadi