So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
EChL. «Barselona» «Lion»ni taslim etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1541

"Barselona" Evropa chempionlar ligasi chorak final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Jamoa nimchorak final bosqichining javob bahsi doirasida o'z uyida "Lion"ni yirik hisobda mag'lub etdi. Frantsiyada o'tkazilgan dastlabki uchrashuvda hisob ochilmagandi.
"Kamp Nou"dagi uchrashuvning 17-daqiqasida hakam mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. Messi esa "panenka" orqali hisobni ochdi. Oradan ko'p o'tmasdan Koutino katta sahnaga chiqdi va Suaresning uzatmasidan keyin bo'sh darvozani ishg'ol qildi.
Ikkinchi bo'limda frantsuzlar hisobdagi farqni bittaga qisqartirishdi. Tuzar tomonidan urilgan gol o'yinga intrigani qaytardi. O'yinning 78-daqiqasida esa Messi raqibning markaziy himoyachilarini osongina aldab o'tib, darvozani zabt etdi. Keyingi daqiqalarda Lionel ikkita golga assistentlik qildi. Yakuniy hisob — 5:1. Messi hisobida esa 2ta gol va 2ta golli uzatma.
Shu tariqa, "Barselona" EChLning chorak finaliga yo'l oldi.
Evropa chempionlar ligasi, 1/8 final, javob o'yini
Barselona Ispaniya – Lion Frantsiya 5:1 (2:0)
Gollar: 1:0 – 17, penalti Messi, 2:0 – 31 Koutino, 2:1 – 58 Tuzar, 3:1 – 78 Messi, 4:1 – 81 Pike, 5:1 – 86 Dembele.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Serdji Roberto (Nelson Semedu, 83), Langle, Rakitich, Buskets, Artur (Vidal, 74), Koutino (Dembele, 70), Messi, Suares.
Lion – Antoni Lopesh (Gorjlen, 34), Marselo, Marsal, Mendi (Korne, 77), Denayer, Depay (Traore, 73), Tuzar, Fekir, Ndombele, Dyubua, Dembele.
Ogohlantirishlar: Marsal (33), Dembele (45), Langle (49).
Birinchi o'yin – 0:0