So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Andijonda «Viloyat hokimi Kubogi» musobaqasi bo'lib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6393

Andijonda o'tkazilgan professional, havaskor va qo'shma korxonalar jamoalari o'rtasidagi "Viloyat hokimi Kubogi" musobaqalarida vodiyning 13ta jamoasi ishtirok etdi. Jamoalar uch guruhga bo'lingan holda bahslarda qatnashdilar.
Musobaqaning uchinchi o'rin uchun uchrashuvi “O'zDongYang” va “O'zSemYung” jamoalari bahs olib borishdi. O'yin 2:0 hisobida “O'zDongYang” jamoasi g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Ko'plab muxlislarning qiziqishiga sabab bo'lgan final uchrashuvida esa Andijonning “Rashmilk” ham Namangan viloyatining “Navbahor” jamoalari kuch sinashdilar. Keskin kurashlar bilan kechgan bahsda “Rashmilk” 1:0 hisobi bilan g'alaba qozondi.
Musobaqaning tantanali yopilish marosimida so'z olgan Andijon viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov hamda Namangan futboli mutasaddilari turnirda faol ishtirok etgan jamoalarga o'z minnatdorchiligini bildirdilar. Turli yo'nalishlarda o'zini namoyon etgan havaskor futbolchilarga alohida sovg'alar berildi.
Asosiy sovrin bo'lgan Andijon viloyat hokimi Kubogi “Rashmilk” jamoasiga topshirildi.