So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ronaldu: «Final haqida gapirishga erta»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14926

Kecha EChL 1/8 final bosqichi javob uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Ushbu bosqichda Turinning “Yuventus” klubi o'z uyida Madridning “Atletiko” jamoasini qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bu natija turinliklarni EChL musobaqasida keyingi bosqichga olib chiqdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvdan so'ng, uchrashuvda urilgan barcha gollar muallifi Krishtianu Ronaldu o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Atletiko”ga qarshi uchrashuvda biz g'alaba qozonishimiz shart edi. Biz maxsus kecha uyushtirishni istagan edik. “Atletiko”ga munosib javob qaytardik.
EChL musobaqasida keyingi bosqichga chiqdik, biz to'g'ri yo'ldamiz. EChLda g'alaba qozonish uchun meni “Yuventus”ga taklif qilishgan.
“Atletiko” oddiy raqib emas, lekin biz ham kuchsiz emasmiz. Biz haqli ravishda g'alaba qozondik va keyingi bosqich masalasini hal qildik.
Final haqida gapirishga erta. Barchasi sekin-astalik bilan bo'ladi”, deydi Ronaldu.