So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Dzyudochilarimiz Ekaterinburg «Katta dubulg'a» turnirida ishtirok etishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3650

15-17 mart kunlari Rossiyaning Ekaterinburg shahrida dzyudo kurashi bo'yicha «Katta dubulg'a» turkumiga kiruvchi yirik musobaqa bo'lib o'tadi. Mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini berishi bilan yanada ahamiyatli.
Joriy «Katta dubulg'a» turnirida 50 ga yaqin mamlakatdan 400 dan ziyod ishtirokchi g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Ular qatorida terma jamoamiz vakillari ham bo'lib, murabbiylarimiz turnirga 12 nafar sportchini olib ketishadi. Delegatsiya tarkibi quyidagicha:
Erkaklar:
-60 kg: Diyorbek O'rozboev, Kemran Nurillaev
-66 kg: Artyom Shturbabin, Muhriddin Tilovov
-73 kg: Obidxon Nomonov, Ulug'bek Otamurodov
-81 kg: Muso Sobirov, Akmaljon Najmiddinov,
-90 kg: Shahzodbek Sabirov
+100 kg: Husniddin Husanov
Ayollar
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Murabbiylar: Jamshid Xudoyberganov va Ilhom Xoliqov