So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Liverpul" himoyachisi "Bavariya" futbolchisi haqida: "Uning chap oyog'i — haqiqiy qotillik quroli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3773

"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk EChL 1/8 finali doirasida "Bavariya"ga qarshi kechadigan javob o'yini haqida gapirdi. Van Deyk birinchi o'yinni diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yuborgandi.
"Bizni dahshatli o'yin kutyapti. "Bavariya"da ajoyib tarkib bor. Masalan, Levandovski, u kichik imkoniyatni ham golga aylantira oladi.
"Bavariya"da boshqa xavfli futbolchilar ham ko'p. Ulardan biri Aren Robben. U o'z ishini professional darajada bajaradi.
Uning chap oyog'i — haqiqiy qotillik quroli. Shunchaki eslang, u chap qanotga yugurib boradi va to'pni darvozaning uzoq o'ng burchagiga yo'llaydi. Agar Aren maydonda bo'lsa, siz ayni shu holatga tayyor turishingiz va uning oldini olishingiz kerak", – dedi van Deyk.