UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
OFKning Level-1 o'quv kurslari boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 911

Bugun 11 mart kuni Toshkentda darvozabonlar murabbiylari uchun OFKning Level-1 o'quv kurslari boshlandi. Mazkur o'quv kurslari "Chig'atoy" sport majmuasida bo'lib o'tmoqda.
Kurslarda OFKning kamida "S" sertifikatiga ega bo'lgan 20 nafar darvozabonlar murabbiylari ishtirok etyapti. Kurs qatnashchilari orasida G'ayrat Hasanov, Valeriy Karpenko, Timur G'aniev, G'ayrat O'daev kabi murabbiylar bor. O'quv kurslarida eronlik mutaxassis Jalol Basharzod Mahbubiy instruktor sifatida faoliyat yuritmoqda. Koordinator - O'FA etakchi mutaxassisi Davron Qudratullaev.
Level-1 o'quv kurslarini tashkil qilishdan asosiy maqsad, mamlakatimizda kuchli darvozabonlar murabbiylarini tayyorlashdan iborat.
O'quv kurslari 16 martga qadar davom etadi. Yakunda imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan murabbiylar OFKning Level-1 sertifakatlari hamda O'FAning 3 yilga mo'ljallangan litsenziyalarini qo'lga kiritishadi.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!