So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sergey Lushan: «Maqsad g'alaba qozonish edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8998

Superliganing 1-turidan o'rin olgan “So'g'diyona”– “Bunyodkor” (2:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“G'alaba qozondik, demak hammasi to'g'ri bajarilgan. “Bunyodkor”ni yaxshi bilardik. Raqib safidagi aksar futbolchilar meni shogirdlarim hisoblanadi.
“Bunyodkor” safida To'raev va G'ofurov o'ynamasligidan xabarimiz bor edi. Himoya nozik nuqtasi bo'lishini e'tiborga olib, uzoq masofalarga to'p uzatish taktikasidan foydalandik.
Bizda tezkor hujumchilar bor edi, yakunda bu o'z samarasini berdi. Himoyachi xato qildi, biz foydalandik. Raqib ham bizning birgina xatomizni gol bilan jazoladi.
Natijadan ham o'yindan ham qoniqdim. Maqsad g'alaba qozonish edi, vazifa uddalandi. Endi shu tempda o'sishda davom etsak bo'ldi”, - deydi Lushan.