So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Teletranslyatsiyalar masalasida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3176

Sport-TV bilan hamkorligimiz muhim jihat. Aslida PFL teletranslyatsiya huquqini sotishi va tushgan daromadni klublar o'rtasida taqsimlashi kerak. Ammo bizda buning imkoni yo'q. Chunki Superliga o'yinlarini olib ko'rsatishga talabning o'zi yo'q.
Futbol uchrashuvlarini ko'rsatishi mumkin bo'lgan ikki telekanalimiz bor: Sport-TV va Futbol-TV. Ikkinchisi o'z yo'nalishini Evropa orqali belgilab oldi. Unga ichki chempionat o'yinlari qiziq bo'lmasligi katta ehtimol. Chunki hozirgi holatda Superliga o'yinlarini ko'rsatish daromad manbai emas, balki katta chiqimdir.
2018 yilgi mavsumda MTRK mana shu chiqimdan qochmadi va katta tavakkalga qo'l urdi. MTRK uzoq yillar monopol tashkilot bo'lib keldi. Biroq texnika tomondan olib qarasak, unda qator muammolar bor. Bu muammolar Sport-TV uchun ham ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. Aytaylik, siyosiy doirada katta tadbirlar bo'lib qolsa, KTS asosan shu tarafga yo'naltiriladi va bunda futbol uchinchi darajaga tushib ketadi. Qolgan vaqtlarda esa kompaniya bor kuchini to'plab, o'yinlarni ko'rsatishga harakat qildi.
Ayni vaqtda PFL Sport-TV o'zini ushlab turishidan manfaatdor. Chunki vaqti kelib eplay olmay qolsa, uning o'rnini egallashi mumkin bo'lgan muqobil telekanal butun O'zbekistonda mavjud emas. Shuning uchun ham PFL ba'zi jabhalarda telekanalni qo'llashga-da harakat qiladi.
Bugun odamdar Surxondaryodagi o'yin nega ko'rsatilmadi, deb talab qilyapti. Bu bir tarafdan yaxshi, chunki bir yil avval planka yuqoriga olib chiqildi. Muxlislar yanada ko'prog'ini kutaveradi. Ammo unutmaslik kerakki, “Surxon” klubining yaqindagina Superligaga qo'shilib qolgani nafaqat PFL, balki Sport-TV rejalariga ham ta'sir ko'rsatishi ma'lum edi. Sport-TV uchrashuvni ko'rsatish harakatini qildi, shunchaki texnik muammolarga duch keldi. Balki keyinroq Surxondaryoda bo'ladigan futbol uchrashuvlarini ham jonli ko'rsatishga o'tishar. Buning uchun biroz vaqt kerak.
Coca Cola bilan shartnoma tuzilganiga ham ko'p bo'lmadi. Shundan kelib chiqib, kompaniya 2-turdan boshlab to'laqonli targ'ib qilinishini yaxshi biladi, bu haqda ogohlantirilgan ham. O'rtadagi tanaffus vaqtida bu kemtiklarni yopish mumkin bo'lar.
Diyor Imomxo'jaev