So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bahodir Jalolov jiddiy raqibga qarshi jang qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9567

Professional boksning o'ta og'ir vazn (+90,7 kg) toifasida ringga chiqayotgan o'zbekistonlik Bahodir Jalolov (4-0, 4 KO) 15 marta kuni AQShda o'zining beshinchi jangini o'tkazishi haqida xabar bergandik.
Bokschining GoSport.uz internet-nashriga ma'lum qilishicha, Jalolov shu kuni kolumbiyalik Santander Silgadoga (28-6, 22 KO) qarshi ringga chiqadi. Jang Kaliforniya shtatining Tyustin shahridagi Markoni avtomobillar muzeyi saroyida bo'lib o'tadi.
Ma'lumot uchun, Silgado o'z vaqtida birinchi og'ir (-90,7 kg) vazn toifasi reytingida birinchi o'ringa ko'tarilgan va 2012 yilda o'sha vaqtlarda chempion bo'lgan rossiyalik Denis Lebedevga qarshi WBA chempionlik kamari uchun ringga chiqqan, ammo imkoniyatni boy bergandi. Bundan tashqari Silgado bir necha marotaba ikkinchi darajali kamarlar uchun janglarda ishtirok etgan.
Eslatib o'tamiz, Bahodir so'nggi marta 2018 yilning 8 dekabr kuni Markus Valentinga qarshi ringga chiqib, raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.