So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Shavkat Mirziyoevning kuyovi sport federatsiyasiga prezident etib saylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7236

Otabek Muhammadalievich Umarov O'zbekiston triatlon federatsiyasi prezidenti lavozimiga saylandi. Bu haqda Worldnews.uz axborot agentligiga yaqin manba ma'lum qildi.
Aytilishicha, bugun, 7 mart kuni O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston triatlon federatsiyasining hisobot-saylov konferentsiyasi o'tkazilgan.
Konferentsiyada triatlon federatsiyasiga yangi rahbar sifatida Otabek Umarov nomzodi ko'rsatilgan va nomzod bir ovozdan qo'llab-quvvatlangan.
Ma'lumot o'rnida, Otabek Muhammadalievich Umarov O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning kuyovi hisoblanadi.
Otabek Umarovni Prezident yonida tushgan ko'plab suratlari bor. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, u Shavkat Mirziyoevning tan soqchilari rahbari bo'lib ham ishlaydi.