So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Yurgen Klopp. Kim o'zi u?! 1-qism
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15802

«Liverpul» jamoasi yangi bosh murabbiyning tanishtiruv marosimini o'tkazmoqda. Yangi murabbiyga savol berishdi:
- Joze Movrinyo o'zini «benazir» deb ataydi, sizchi?
Yo'q men Benazir emasman, lekin soppa - sog'man !
Matbuot anjumanida kulgu ko'tariladi…
Bu hammamiz bilgan Kloppninig «Liverpul» dagi ilk matbuot anjumanidan kichik iqtibosi edi. Bugun zamonaviy futboldagi eng nomdor murabbiy Yurgen Klopp haqida qisqacha faktlarni keltirib o'tamiz. Yurgen Klopp ilk bor 23 yoshda professional futbolda debyut qiladi.
«Mainz» jamoasida avvaliga hujumda,bir mavsumdan so'ng esa qanot himoyasida ko'rinish beradi. U boshqa klubda o'ynamaydi. O'z jamaosiga sodiq murabbiy karierasining oxirgi yillarida murabbiylik kurslarida o'qishni boshlaydi. U kurslarga qatnash uchun kun ora 400 km yo'lni bosib o'tishga majbur bo'lar edi.
«Mainz»da futbolchilik bilan hammani hurmatini qozongan Klopp futbolchilik faoliyatini tugatgach, aynan shu jamaoaga murabbiy bo'ladi. Avvaliga «Mainz» Bundesligaga chiqish uchun kurashda bir ochkoga engiladi. Keyingi mavsumda esa juda uzoq kutilgan Bundesliga eshiklarini ochishga muvaffaq bo'ladi. «Mainz» 3 yil mobaynida u erda qoladi. Xatto Evropa Ligasida ham debyut qilishga ulguradi. KloppMainzda 3 yil ishlaydi va jamoasi bilan xayrlashib murabbiylik faoliyatini qisqa muddatga to'xtatadi.
5 oylik tanaffusdan so'ng unga ikki klubdan birdaniga taklif tushadi. Biri Leverkuzen shahrining Baeri, yana biri Dortmundning Borussiyasi. Qizig'i shundaki, Klopp kamroq maosh belgilagan, moliyaviy qiyin ahvolda qolgan Bundesligada 13 - o'rinda borayotgan Borussiyani tanlaydi. O'sha mavsum Klopp 5- bolib Bundesliga finishiga etib keladi.
U Borussiyadagi ilk mavsumida shogirdlarini 5 kunga oziq-ovqatsiz, suvsiz o'rmonda olib qoladi. O'sha davrlar haqida Levandovskiy va Roys ko'p bor intervyularida zavqlanib aytib o'tishgan. Avvaliga jamoani Bundesligada o'z o'rnini topishga yordam bergan Klopp sekin-asta, sariq-qoralarni top klubga aylantirib yuboradi.
Bundesligada ikki bor muddatidan avval chempionlikni qo'lga kiritgan Klopp Chempionlar ligasidagi finalini alamli tarzda boy beradi. So'ng Borussiyadagi shogirdlarini rahbariyat ko'tarasiga sotishni boshlab yuboradi. Eng alam qiladigani, asosiy raqiblari «Bavariya» ularni shu yo'l orqali sezilarli darajada ancha ojizlashtirib yuboradi. Klopp rahbariyat uning futbolchilarini sotishini tomosha qilib tura olmaydi va jamoani tark etadi.
Klopp jahon futboliga : Levandovskiy, Roys, Gyotze, Abamiyang, Hummels, singari super yulduzlarni tarbiyalab bergan. Dortmund shahri o'z qahramonini munosib kuzatadi. Uning oxirgi o'yiniga stadion atrofida minglab muxlislar yig'iladilar. Ular ichkariga kira olishmaydi, sababi stadion allaqachon muxlislar bilan liq to'la edi. O'sha kuni Signal iduna parkiga yig'ilgan muxlislar tik turgancha, ko'zlari yoshga to'lib dunyoning eng kuchli murabbiyini olqishlab kuzatishgan edi…