So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Nega Pepsi emas, nega Coca Cola?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3688
43
Hadeb klublarning badal pullariga qarab qolmay, o'z aravangni o'zing tort deyapti odamlar. Ular to'g'ri aytaypti.
“Futbol+” dasturida chiqish qilib, Coca Cola bergan taklif Pespi taklifidan yaxshiroq bo'ldi, ammo biz Pepsi’da qoldik degandim. O'rtadagi farq katta bo'lmagani uchun vaziyat tavakkal qilishga arzimasdi.
Pepsi bilan kelishuv og'zaki amalga oshdi. Shartnomalar rasman 5 mart kuni imzolanishi kerak edi. 4 mart kuni esa Coca Cola yangi taklif yubordi. Endi kompaniya Pepsi’dan yaxshigina salmoqliroq shartnoma ushlab turgandi. PFL yurishni davom ettirdi va biryo'la O'zbekiston kubogi uchun ham Coca Cola bilan kelishuvga erishdi.
O'z vaqtida “MYu” Nike va Adidas’ni almashtirgan. Bu kabi o'zgarishlar istalgan futbol klubi va istalgan liga bilan ro'y beradigan holat. PFL o'z aravasini o'zi tortish uchun harakat qilyapti. Biroq shuni talab qilayotgan ayrim odamlar endi “Futbol+” dasturidagi so'zlardan foydalanyapti. "Pust govoryat", evaziga tashkilot yutyapti, shunisi muhim.
PFL imzolab bo'lingan shartnomani bekor qilmadi, bu birinchidan. Ikkinchidan, PFL shartnoma borasida oldinga yurish qildi. Uchinchidan, PFL nafaqat badal pullarini oshirmadi, balki kamaytirish yo'liga o'tdi.
To'rtinchidan, PFL Superliga klublari futbolchilarini bepul sug'urtalab beryapti. Beshinchidan, klublar bo'ynida bo'lgan hakamlar, inspektorlar, komissarlar harajatini ham PFL o'ziga oldi. Xulosa o'zingizdan.