So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekistonlik snoubordchi qiz Butunjahon qishki universiadasi final qismida ishtirok etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1240
Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida bo'lib o'tayotgan Butunjahon qishki universiada o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar ham o'z ishtirokini boshladi.
Bugun, 5 mart kuni “Sopka” deb nomlangan sport majmuasida snoubordning parallel slalom-gigant yo'nalishida bahslar o'tkazildi. Musobaqa qaydnomasida 18 davlatdan kelgan 26 erkak, 19 ayol sportchi ro'yxatdan o'tgan edi.
Ushbu guruhda mamlakatimiz sharafini Ekaterina Lyabina hamda Jasur Mahmudov himoya qilishdi.
Garchi, Jasur mazkur yo'nalishdagi ishtirokini kvalifikatsiya bosqichidayoq yakunlagan bo'lsa-da, Ekaterina saralashdan muvaffaqiyatli o'tib, ikkinchi bosqichda ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazdi. Medallar uchun kurash qizg'in kechgan final bosqichida sportchimiz rossiyalik Natalya Sobolevaga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Yakunda aynan Natalya musobaqaning bronza medalini qo'lga kiritdi.
Ertaga snoubordchilarimiz parallel slalom yo'nalishida o'z mahoratlarini namoyish etishadi.