So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
AGMK – «Buxoro». O'zaro uchrashuvlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4878

Xabaringiz bor, 9 mart kuni Superliganing 1-turida AGMK – "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Ushbu o'yin oldidan o'zaro o'yinlarda eng ko'p maydonga tushgan futbolchilarni e'tiboringizga taqdim etamiz.
AGMK tarkibida “Buxoro”ga qarshi eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Zohir Pirimov ekan. U 13 uchrashuvda olmaliqliklarni sharafini himoya qilgan.
Doston Abdurahmonov 10, Evgeniy Gogol 9, Aleksandr Vostrikov va Abduqahhor Hojiakbarov 8tadan, Darko Stanoevich 7, Shavkat Mullajonov, Mo'ydin Mamazulumov, Diyor Turopov va Islom Inomovlar 6tadan o'yinda “Buxoro”ga qarshi o'ynagan.
“Buxoro” tarkibida AGMKga qarshi eng ko'p maydonga tushgan futbolchi Suxrob Ne'matov hisobida ham 13 o'yin mavjud ekan.
Alisher Sanaev 11, Jasur Hasanov 10, Bobur Omonov 8, Otabek Narzullaev va Sardor Qobuljonov 7tadan, San'at Shixov 6 bahsda AGMKga qarshi to'p surgan.