So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Pochettino: «Tottenxem» haqli ravishda chorak finalga chiqdi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2544

«Tottenxem Xotspur» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Evropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida bo'lib o'tgan «Borussiya»ga qarshi javob o'yini (1:0) borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Fantastika. Biz chorak finalga chiqdik. Men o'yinchilar va muxlislarimiz uchun xursandman. «Tottenxem» muhim g'alabaga erishdi. Birinchi bo'limda biz ba'zi muammolarga duch keldik. Lekin futbolda sabr qilishni va zarba qabul qilishni bilish kerak. Biz chorak finalga to'la haqli edik.
Loris ajoyib o'ynadi. Biz o'z darvozamiz oldida raqibning xavfli vaziyat yaratishiga kutganimizdan ko'proq imkoniyat berdik. «Borussiya»ning yo'qotadigan narsasi yo'q edi. U katta tavakkalchilik bilan o'ynadi.
Yakunda ko'p narsani tahlil qilish shart emas. Chorak finalga chiqqanimiz bilan maroqlanishimiz lozim. Premer-liga bilan birga bu nufuzli turnir. Biz o'zimiz bilan faxrlanishimiz kerak.
Futbolda eng asosiysi ishonchni yo'qotmaslik va o'z kuchini maydonda namoyish qilish. Klub fantastik natijaga erishdi. Biz endi erkin va ishonch bilan harakat qilishimiz kerak. Tarkibimiz kuchli va sovrin haqida orzu qila olamiz», — dedi Pochettino.
Eslatib o'tamiz, Londonda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda Maurisio Pochettino jamoais 3:0 hisobida g'alaba qozongan edi. Shu tariqa, «Tottenxem» EChLning chorak final bosqichiga yo'l oldi.