So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ikrom Aliboevning «Lokomotiv»dan «Seul»ga transferi qiymati ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6940

O'zbekiston terma jamoasi yarimhimoyachisi Ikrom Aliboevning «Lokomotiv»dan «Seul» klubiga transferi qiymati 500 ming dollarni tashkil etgan. Temiryo'lchilar klubi bosh direktori o'rinbosari To'labek Akramov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda ushbu ma'lumotni tasdiqladi.
«Ikrom Aliboev – klubimiz tarbiyalanuvchilaridan biri. U 4 yil davomida jamoamizda o'ynab, nimalarga qodirligini, kuchliroq chempionatlarda o'ynay olishini isbotladi. Ko'p variantlar chiqdi, biz tanlash huquqini uning o'ziga qo'yib berdik. Transfer summasi 500 ming dollar bo'ldi», – dedi Akramov.
Eslatib o'tamiz, Aliboev Janubiy Koreya klubi bilan 2018 yil dekabr oyi o'rtalarida 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi. 25 yoshli xavbek o'tgan hafta Key-ligada debyut qildi. U «Seul»ning birinchi tur doirasida «Pohang Stilers»ga qarshi o'yinida boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Ushbu bahsda seulliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi, Ikrom ikkinchi golga hammuallif bo'ldi.