So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Jismoniy tarbiya va sport universiteti murabbiylik bo'yicha uchrashuv tashkil qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2840

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygani haqida avval xabar berib o'tgandik. Mazkur hamkorlikdan asosiy maqsad Universitet talabalari orasida futbol hakamligi va murabbiyligi bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, xalqaro musobaqalarda faoliyat olib boradigan iqtidorli hakamlar va iste'dodli murabbiylarni tayyorlashdan iborat. Shunga ko'ra bugun O'FA Murabbiylar ta'limi departamenti tomonidan O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuv davomida murabbiylik sohasining o'ziga xos tomonlari haqida so'z yuritilib, bu kasbni tanlashga qaror qilgan talabalardan qanday jihatlar talab qilinishi haqida gapirib o'tildi. Shuningdek, murabbiylar yosh futbolchilar bilan ishlashda o'ziga xos ruhshunos bo'lishlari zarurligi, bolalarning psixologiyasidan kelib chiqib ular bilan mashg'ulotlar tashkil qilish zarurligi haqida ma'lumot berildi. Murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi bo'lgan yoshlarga ishni nimadan boshlash haqida amaliy maslahatlar berildi.
Endilikda O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-kursida ta'lim olayotgan murabbiylik bilan shug'ullanish istagida bo'lgan talabalar saralab olinib, ular murabbiylik o'quv kurslarining dastlabki bosqichlariga jalb qilinadi. Mazkur talabalar 4-kursda litsenziyani qo'lga kiritgan holda ish faoliyatini boshlashi mumkin bo'ladi. Eslatib o'tamiz, joriy yilning 2 mart kuni O'zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetid hakamlik mavzusida talabalar bilan dastlabki uchrashuv tashkil qilingandi. Unda taniqli hakam, FIFA referisi Ravshan Ermatov o'z guruhi bilan ishtirok etib, talabalar bilan suhbat o'tkazgandi.