So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Rayevats:«Men qo'qonliklar oldida qarzdorman» «Intervyu»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 901

Saytimizning bugungi mexmoni-«Lokomotiv» klubi uyinchisi Filipp Rayevats.
G'alabalar muborak bo'lsin!
- Rahmat, o'zingizga ham.
Uchrashuv haqida nima deya olasiz?
- Birinchi bo'limda birin-ketin vaziyatlarni yo'qqa chiqardik, oqibatda raqib o'ziga kelib oldi va qattiq qarshilik ko'rsatdi.
Ikkinchi bo'limda «Lokomotiv» jarima maydonchasida bahsli holat yuzaga keldi. To'g'risini aytganda, penalti yo'q edimi?
- (Kuladi) Agar to'grisi aytsam, 50/50 vaziyat edi. Bu futbol. Ba'zida 100 foizlik penaltilar berilmasa, ba'zida kontakt bo'lmagan bo'lsa ham beriladi. Qo'ying, hakamlarning ishiga aralashmay qo'ya qolay
-«Loko»da yangisiz. Klubning ichki muhiti qanday?
-Ajoyib! Bu erda hamma ahil va inoq ekan. Meni yaxshi kutib olishdi. O'ylaganimdanda tez kirishib ketdim.
Mana Qosimov va Fyodorov qo'l ostida harakat qildingiz. Bu ikki murabbiyning uslublario'xshashmi?
- Yo'q. Ularning uslublari tamomila ikki xil. Qosimov maydon markazidan hujumga o'tishni va hujumchilarning markazga yaqin o'ynashini talab qiladi. Fyodorov esa hujumning qanotlardan uyishtirilishini va orqaroqdan hujumga chiqishni talab qiladi.
Super kubokda ham, bu uchrashuvda ham zahiradan maydonga tushdingiz. Shu ketishda zahira o'yinchisi bo'lib qolishdan qo'rqmaysizmi?
- (Kuladi) To'g'risi, bu erga ikkinchi bo'lishga kelmaganman. Albatta, asosiy tarkib o'yinchisi bo'lish uchun harakat qilaman.
Yurtimizda mana 3 yildan beri faoliyat olib boryapsiz. Sizningizcha, O'zbekistondagi eng kuchli futbolchi kim?
- (O'ylanib) Marat Bikmaevni hurmat qilaman, ammo menimcha Siddiqov eng kuchli va iqtidorlisi bo'lsa kerak. Men unga o'xshash o'yinni o'qiy oladigan futbolchini avval ko'rmaganman.
Yangi klubinigizda kimning o'yinlari sizni hayron qoldirdi?
- Rostini aytaman Jamani (Jamshid Iskanderov) «Paxtakor» safidagi o'yinlari orqali yaxshi tanirdim, lekin uning bu bu qadar texnikasi zo'r ekanligini mashg'ulotlarda ko'rdim. O'ylashimcha, «Paxtakor» unga imkoniyat bermagani uchun o'zini ko'rsata olmagan. Bizning jamoada Jamaning o'yinlari ochilib borishiga ishonaman.
«Qo'qon 1912» klubi sharafini himoya qilgansiz. Bilamiz, u erda «Super liga» o'yinlari chog'ida muxlislar ajoyib atmosferani hosil qilishadi. Toshkent klublarida fan klub a'zolarini hisobga olmasa, deyarli stadionlar o'yin chog'ida bo'sh bo'ladi. Shu omil futbolchilarga qanday ta'sir qiladi?
- Gapingiz to'g'ri. Men Qo'qonlik muxlislarga o'xshab jamoasini oldinga boshlaydigan fanatlarni boshqa ko'rmadim. U shahar va klub mening yuragimda abadiy qoladi. U erda Nyoma aka (No'mon Hasanov) mening o'sishim uchun katta hajmdagi ishlarni amalga oshirdi. Meni qo'qonliklar oldida qarzdorman. Ular menga ishonch, mehr, e'tibor, umumiy qilib aytganda, hamma narsa berishdi. Klubdan ketganimda mendan hafa bo'lganlar ham bo'ldi. O'ylashimcha, poytaxt klublaridan qo'ng'iroq bo'lsa, nafaqat, men balki hamma futbolchilar yo'q deya olmasalar kerak.
Samimiy suhbat uchun rahmat. Muxlislarga aytadigan so'zlaringiz bo'lsa, marhamat!
- Hamma muxlislarimizga mening salomimni etkazing! Bizlarga doim ishonishda davom etishsin
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev suhbatlashdi