So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Ichki chempionatda g'olib bo'lmagan yulduzlar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4205
.jpg)
Marek Gamshek
Slovakiyalik futbolchi «Napoli» safida naqd 12 ta mavsumni o'tkazgan bo'lsada, biror marotaba chempionlikni qo'lga kirita olmadi. U 2 bor chempionlikka yaqin keldi, ammo so'nggi turlarda uning klubi poygada engildi. Afsuski, futbolchi hammasiga qo'l siltadiyu, pul ortidan kuchsizroq ligaga yo'l oldi.
Marko Roys
Bu reytingimizdagi eng omadsiz futbolchilardan biri. U «Borussiya» safiga kelib qo'shilgan paytida Klopp shogirdlari ketma-ket ikki bor chempionlikni nishonlashgan edi. Afsuski, «Borussiya»ga bunday baxt hozircha boshqa nasib etmadi.
Obomeyang
Gabonlik futbolchi avvaliga o'z baxtini «Milan»da sinab ko'radi. Klub unga ishonqirab qaramaydi va Frantsiya klublariga ijaraga berib yuboradi. «Ferrari» laqabli futbolchi esa o'z o'yinlari bilan «Borussiya»ni o'ziga qaratadi va tez orada «Sariq-qoralar» safiga o'tib ketadi. Afsuski, u Bundesligada o'tkazgan mavsumlarida «Bavariya» hech kimga imkon qoldirmadi. Aubomiyang o'ta iqtidorli bo'lsada, hozirgacha deyarli hech qanday yutuqlarga erisha olmadi. Uning «Arsenal» klubiga o'tishi ham vaziyatni yumshata olmadi. APL dagi daxshatli raqobatda Londonliklar bu mavsum chempionlik poygasidan chiqib ketishdi. Uning bor umidi endi kelasi mavsumlarga qaratilsa, ajab emas.
Daniel De Rossi
«Roma» klubi sardori va ramzi sanaladigan qahramonimiz deyarli 20 yillik faoliyati davomida biror marotaba «Skudetto»ga ega chiqmadi. Bunga ishonish qiyin, ammo u ichki chempionat bahslarida naqd 8 bor ikkinchi o'rin bilan chegaralangan. Hozirda Italiyada «Yuventus»ning mutloq hokim ekanligini hisobga olsak, De Rossiga chempionlik nasib etmasa ham kerak
Xuan Mata
Qahramonimiz o'z karierasi davomida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritgan bo'lishiga qaramasdan biror marotaba ichki chempionatlarda g'olib bo'la olmagan. U «Valentsiya», «Chelsi», «Manchester Yunayted» singari grandlar safida to'p surgan bo'lsada, La Liga va APL da g'olib chiqish unga nasib etmadi.