So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'FAda futbol sharhlovchilari uchun maxsus seminar tashkil etildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2244

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan futbol sharhlovchilari uchun maxsus seminar tashkil etildi. Seminarni O'FA Hakamlar va nazoratchilar departamenti boshlig'i Ma'mur Saidqosimov, departament etakchi mutaxassisi Vladislav Tseytlin, taniqli hakamlar, FIFA referilari Ravshan Ermatov va Valentin Kovalenkolar olib borishdi.
Seminar davomida futbol sharhlovchilari uchun futbol qoidalariga kiritilgan yangi o'zgarishlar haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, hakamlarning turli bahsli vaziyatlarda qarorlar qabul qilishda nimalarga asoslanib harakat qilishlari tushuntirib o'tildi. Yig'ilganlarga videomateriallar namoyish qilinib, amaliy misollar bilan maydonda ro'y beradigan holatlar tahlil qilindi.
Seminar davomida sharhlovchilar mutaxassislarga o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar olishdi.