So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Toshkentda «Kelajagimiz umidlari» shiori ostida mini-futbol festivali boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1592

Toshkent shahrida “Kelajagimiz umidlari” shiori ostida mini futbol festivaliga start berildi. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan o'tkazib kelinayotgan mazkur an'anaviy festival Toshkent shahrida o'zgacha tantana va zo'r ishtiyoq bilan tashkil etildi.
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanidagi Bolalar-o'smirlar futbol maktabi sport zalida umumta'lim maktablarining 3-sinf o'quvchilaridan tashkil topgan 100 nafar o'quvchi yoshlar bilan murabbiylar mini-futbol bo'yicha mashg'ulotlar olib bordilar.
Mashg'ulotlar o'tish bilan birga bolalar mini-futbol bo'yicha tashkil qilingan turnirda ham ishtirok etdilar. Festivalning dastlabki kuni yakuni bo'yicha 100 nafar ishtirokchi bolalarga O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan futbol to'plari, ekipirovka va sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi. Festival ertaga 4-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladi.