So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Babayan yana nimani unutdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3703

Bu yangilik meni shok xolatiga tushirib qo'ydi. Babayan ismini eshitgan zahotim Janubiy Koreya bilan durangdan so'ng JCh dan ayrilgan qora ko'zlarning yig'lamsirab «Baba, aut»,- deya hayqirib turgani ko'z oldimdan o'tib ketdi…
O'sha uchrashuvdan so'ng sharmandali tarzda matbuot anjumanidan «qochib» ketgan «qahramonimiz» «o'zbek futbolidan chetlatildi»,- degan xabar chiqqach,alamlar biroz yodimizdan ko'tarilgan edi.
Afsus, u yana yurtimizda ish boshlamoqda. Har bir erkin jurnalistning o'z pozitsiyasi bo'lishi shart! Shaxsan men ushbu qarorning mohiyatini sira tushuna olmadim. O'z-o'zidan savollar paydo bo'ladi.
E'tibor berib qarasangiz, so'nggi Osiyo kubogida «Lokomativ» terma jamoa darajasidagi bir nechta futbolchilarni etkazib berdi. Bundan tashqari ketma-ket ichki chempionatda g'olib bo'ldi. Barchasini to'g'ri bajarayotgan klub uchun maslahatchi nima uchun kerak bo'lib qoldi ekan? «Lokomativ» klub mutasaddilari Babayanga qo'yilgan cheklovni qanday aylanib o'tishdi ekan? Eng songgi savolim: Babayanning vijdoni yurtimiz futboliga qaytishni qanday hazm qildi?...
Savollar ko'p, ammo javoblar yo'q. Nahotki, yangilanish va yuksalish yo'lida turgan futbolimizdagi o'zgarishlar shunchaki quruq gap bo'lsa? To'g'risi, tushunasiz qaror. Balki, bu erda biz bilmagan boshqa gaplar bordir…
Bilmadik, ammo UFA dan shu kunlarda Samvel Babayanning qanday qilib yurtimizda yana ish boshlagani to'g'risida izohni kutib qolamiz. Axir, bu futbol - xalqimizniki! Xalqning unga reaktsiyasi qanday ekanligini bilgan xolda shunday ish tutishdimi, demak, bunga izoh berishlari shart! Biz sizlarning izohingizni kutyapmiz, qadrli futbolimizning jonkuyar rahbarlari?!
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jaev