So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Humo Arena» qachon ochilishi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7919

Xabaringiz bor, onlayn nashrimizda “Humo Arena” shu yil bahor faslida ochilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergandik.
O'sha sana aniq bo'ldi. O'zbekiston xokkey federatsiyasi xabariga ko'ra, mazkur zamonaviy muz saroyining ochilishi 15 mart kuni bo'lib o'tishi mo'ljallanyapti.
Uning ochilish marosimiga MDH davlatlaridan oliy martabali mehmonlar kelishi kutilmoqda.
Ushbu sport majmuasi qurilishi 2017 yilda boshlangan edi. Avvaliga ko'p funktsiyali muz saroyini 2018 yilning uchinchi choragida foydalanishga topshirish mo'ljallangan edi. Keyin bu muddat 2018 yilning oxiriga ko'chirildi.
Markaziy arena o'ziga 12 ming kishini sig'dira oladi. Bu erda qishki sport turlari (xokkey, short-trek, figurali uchish va kyorling) bo'yicha musobaqalar o'tkazish, ko'rgazmalar hamda forumlar tashkil etish rejalashtirilgan.
Kompleks etti qavatdan iborat bo'lib, ulardan biri er ostida joylashadi. Umumiy maydoni 82,2 ming kv. metr, balandligi 40 metr. Uning yaqinida 1600 ta avtomobil uchun mo'ljallangan to'rt qavatli turargoh bunyod etilyapti.
Qurilish ishlari bilan buyurtmachi tashkilot “Wind Rose” MChJ shug'ullanmoqda.
Loyihaga Germaniya, Rossiya, Avstriya, Ispaniya, Frantsiya, Italiya va boshqa davlatlardan o'nga yaqin sherik kompaniyalar taklif etilgan. Ular metall konstruktsiyalari, akustika, o'rindiqlar, muz, kommunikatsiyalar va boshqa yo'nalishlarda faoliyat olib borishmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 1,5 trln. so'm bo'lib, shundan 185 mln. AQSh dollarini xorij investitsiyasi tashkil etadi.