UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston OTJ Ispaniyadagi yig'inni yakunlab, Turkiyaga etib bordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6733

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 14-25 fevral kunlari Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahrida o'quv mashg'ulot yig'ini o'tkazgani haqida avval xabar berib o'tgandik. Yig'in davomida futbolchilarimiz Shveytsariyaning "Delemon" (2:2) va Gruziyaning "Lokomotiv" (3:2) jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishdi. Lyubinko Drulovich shogirdlari kecha Ispaniyadagi yig'inni yakunlab, Turkiyaga etib borishdi. Endilikda vakillarimiz Turkiyada yig'inni davom ettirishadi. Terma jamoamiz delegatsiyasi "Limak Eurasia" mehmonxonasiga joylashgan. Turkiyada Olimpiya terma jamoasi a'zolari nazorat o'yini o'tkazishi ham rejalashtirilgan. Jumladan, 27 fevral kuni futbolchilarimiz "Istambul Bashakshehir" klubining U-23 jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Turkiyadagi yig'in 3 mart kunigacha davom etadi. Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Saralash bahslari shu yilning 22-26 mart kunlari Toshkentda o'tkazilib, terma jamoamiz a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalari bilan kuch sinashishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!