UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Endi jismoniy tarbiya o'qituvchilari muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1448

Prezidentning ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgani haqida “Huquqiy axborot” kanali ma'lum qildi. Kiritilgan o'zgartirishlarga muvofiq, ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya o'qituvchisini lavozimiga tayinlash va ozod etish tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limlari bilan kelishilgan holda ta'lim muassasalari direktorlari tomonidan amalga oshiriladi. Ilgari jismoniy tarbiya o'qituvchisi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshliqlari tomonidan amalga oshirilgan. Oliy ta'lim muassasalarining jismoniy tarbiya o'qituvchilari esa endilikda muassasa rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi. Ilgari bu tartib jismoniy tarbiya va sport vaziri tomonidan amalga oshirilgan. Shuningdek, ho'l meva-sabzavotlarni to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha 100 foiz haqi oldindan xorijiy valyutada olingandan so'ng eksport qilishga ruxsat berilishiga oid talab bekor qilindi. Qora metallar prokatini ishlab chiqarish uchun xo'jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan respublikaga olib kelinadigan metallurgiya xom ashyosini olib kirishga bo'lgan bojxona imtiyozlari 2020 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!