So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
A seriya. Edin Jeko so'nggi soniyalarda «Roma»ga g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1815

Italiya chempionatining 25-turi doirasida "Frozinone" o'z maydonida "Roma"ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda tomonlar hisobda "quvlashmachoq" o'ynashdi.
Bahs boshida Chiano mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O'yinning 30-daqiqasida Jeko muvozanatni tikladi, ammo oradan 1 daqiqa o'tib Pellegrini "Frozinone"ni yana oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo'lim so'ngida esa "Roma" nafaqat hisobni tenglashtirdi, hattoki g'alabani ham ilib ketdi. Dastlab Pinamonti, qo'shib berilgan daqiqalarning to'rtinchisida Edin Jeko rimliklarga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Ushbu g'alabadan keyin "Roma" o'z ochkolarini 44taga etkazdi. "Bo'rilar" 4-pog'onadagi "Milan"dan 1 ochko ortda qolmoqda.
Italiya A seriyasi, 25-tur
Frozinone – Roma 2:3 (1:2, 1:1)
Gollar: 1:0 – 5 Chiano, 1:1 – 30 Jeko, 1:2 – 31 Pellegrini, 2:2 – 80 Pinamonti, 2:3 – 90 Jeko.
Frozinone – Sportello, Goldaniga, Salamon, Kapuano, Dzampano, Chibsa (Trotta, 76), Viviani, Kassata, Begetto (Molinaro, 60), Chiano, Chiofani (Pinamonti, 67).
Roma – Olsen, Santon, Manolas (Fasio, 77), Markano, Kolarov, de Rossi, Nzonzi (Dzanolo, 65), Perotti, Pellegrini, El-Shaaraviy, Jeko.
Ogohlantirishlar: El-Shaaraviy (39), Jeko (42), Goldaniga (68), Kassata (78).