So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Liga 1. «PSJ» ketma-ket to'rtinchi g'alabani qo'lga kiritdi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5123

Frantsiya chempionatining 26-turi doirasida «PSJ» o'z maydonida «Nim»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida Verrattining uzatmasidan keyin Kristofer Nkunku hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida Kilian Mbappe hisobdagi farqni oshirgan bo'lsa, 89-daqiqasida Nkunkuning uzatmasidan keyin Kilian hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi.
«PSJ»ning Liga-1dagi ketma-ket g'alabalari soni 4taga etdi. Parijliklar o'z ochkolarini 68taga etkazib, 2-pog'onadagi "Lill"dan naq 17 ochko oldinda borishmoqda.
Frantsiya chempionati, 26-tur
PSJ – Nim 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 40 Nkunku, 2:0 – 69 Mbappe, 3:0 – 89 Mbappe.
PSJ – Areolya, Dani Alves (Dagba, 73), Bernat, Tiago Silva, Kurzava, Nkunku, Verratti (Nsoki, 81), Shupo-Moting (Diabi, 80), Paredes, Markinos, Mbappe.
Nim – Bernardoni, Brianson, Alakush, Landr, Buanga, Ferri, Bobishon (Tiub, 65), Savane, Ripar (Giyom, 76), Mauassa, Vall (Bozok, 89).
Ogohlantirishlar: Paredes (16), Mbappe (45), Bernat (72).