So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Bahodir Ahmedov Osiyo xokkey federatsiyasining ijroiya qo'mitasi a'zoligiga saylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4015

Shu kunlarda Yaponiyaning Gifu shahrida Osiyo xokkey federatsiyasining Kongressi bo'lib o'tmoqda. Unda O'zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi Bahodir Ahmedovga O'zbekistonda sportning ushbu turini rivojlantirishga va ommaviyligini oshirishga qo'shgan hissasi uchun qit'a federatsiyasining maxsus mukofoti topshirildi. Shuningdek, u Kongressda ilk bor qit'a federatsiyasining ijroiya qo'mitasi a'zoligiga saylandi.
Bahodir Ahmedov Kongress davomida O'zbekistonda chim ustida xokkeyni rivojlantirish bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishdi. O'tgan yilning kuzida federatsiya rahbari hamda bosh kotib Hindistonning Dehli shahrida Chim ustida xokkey xalqaro federatsiyasining 46-Kongressida ishtirok etib, Osiyo va Jahon federatsiyalari mutasaddi rahbarlari bilan uchrashgan va bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar olib borgan edi.
Buning natijasida mamlakatimizda chim ustida xokkey uchun mo'ljallangan, qiymati 400 ming AQSh dollarlik xalqaro talablarga javob beruvchi maxsus maydon qoplamasini qurib berish bo'yicha kelishuvga erishilgan. Tomonlar kelasi yilda Toshkentda xalqaro musobaqa tashkil qilish, shuningdek, sport inventarlarini etkazib berish bo'yicha rasmiy kelishuvga erishdilar.