So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston OTJ Ispaniyadagi yig'in doirasida Shveytsariya klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5873

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Ispaniyaning San-Pedro-del-Pinatar shahridagi yig'in davomida Shveytsariya klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati ma'lum qilmoqda.
Bugun Lyubinko Drulovich shogirdlari “La Finca” stadionida Shveytsariyaning “Delemon” klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi. O'yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakuniga etdi. OTJ 0:2 hisobida ortda bora turib, keyin hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi tarkibida gollarga Islom Qobilov va Bobur Abduxoliqovlar mualliflik qildi.
Shuningdek, OTJ futbolchilari hakamning “Delemon” darvozasiga belgilangan penaltisini golga aylantira ololmadi.
Eslatib o'tamiz, olimpiya terma jamoasi endi 21 fevral kuni "Lokomotiv Tbilisi" jamoasiga qarshi nazorat o'yini o'tkazadi.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi shu yilning mart oyida 2020 yil Taylandda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralashida qatnashadi.
Saralash bahslari Toshkentda o'tkazilib, OTJ a'zolari Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun Tojikiston, Hindiston va Pokiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.