So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Doston Hamdamov:Raqobatdan qo'rqmayman! (Intervyu)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1674

Ko'pchilik futbol muxlislarimiz Doston Hamdamovning «Sherlar»safiga kelib qo'shilganiga hayron bo'lgan bo'lsa, ajab emas. Shu va boshqa savollar yuzasidan futbolchini suhbatga tortdik. Quvonarlisi shundaki, Doston Hamdamov biz uchun vaqt topib, iltimosimizni erda qoldirmadi.
Rossiyada o'tkazgan mavsumingiz haqida nima deya olasiz?
-To'g'risi, o'zimni sinab ko'rish uchun «Anji»ga o'tgan edim. O'zimni sinab ko'rdim. Menga bu chempionat yoqdi. Shunchaki, ayrim sabablarga ko'ra ortga qaytishga majbur bo'ldim.
Rossiya Premer Ligasidan so'ng O'zbekiston ichki chempionatida to'p surish karierangizda «ortga qadam»dek ko'rinmayaptimi?
-Yo'q. Men bu fikrga qo'shilmagan bo'lar edim.
«Anji» bosh murabbiyi bilan aloqalaringiz yaxshi edimi? Adashmasam, Vadim Skripchenko edi.
-«Anji» haqida menda faqat yaxshi ta'assurotlar qoldi. Murabbiyga kelsak, hech qanday muammo va kelishmovchiliklar bo'lmadi. Avvaliga 1-2 ta uchrashuvlarda asosiy tarkibda tushdim. Keyin esa zahiraga olindim.
Unda nega jamoani tark etdingiz?
-To'g'risini aytsam, murabbiyning yangi taktikasiga mos kelmadim. Meni har-xil pozitsiyada sinab ko'rdi. Yangi pozitsiyalardagi o'yinlarimdan o'zimni ham ko'nglim to'lmadi. Balki, shu sabab ketgandirman, lekin, Toshkentga qaytishni ortga qadam deb hisoblamayman! Nasib qilsa yana RFPL da o'ynash niyyatim bor.
Nega aynan «Paxtakor»?
-To'g'ri, takliflar bor edi. Men uchun eng qulay variyantni «Paxtakor» taklif qildi va men buni qabul qildim.
Tushunarli. Yangi jamoangiz haqida gaplashamiz. Har bir klubda lider futbolchilar bo'ladi. Bu jamoada kimni etakchi sifatida ko'rsata olasiz?
Hech kimni ko'rsata olmayman.Bizda lider yo'q. Arveladze jamoaviy o'yinni yo'lga qo'ymoqda. Biz bir jamoamiz va doim birga harakat qilamiz.
«Paxtakor»da sizning qanotingizda O'zbekistondagi eng iqtidorli futbolchilardan biri Jasur Yaxshiboev top surmoqda. Raqobatdan cho'chimaysizmi?
(Kuladi) To'g'ri, ikkalamiz bir pozitsiyada harakat qilamiz. Jasur bilan ancha yillardan beri birgamiz. Men bu vaziyatga boshqacharoq yondoshgan bo'lar edim. Raqobat bor joyda o'sish bo'ladi. Bu ikkimizga ham foydali bo'ladi, deb o'ylayman va men raqobatdan qo'rqmayman.
Osiyo Chempionlar Ligasi saralashi uchun kechgan kurashning birinchi uchrashuvida «Eyr Fors» jamoasi ustidan g'alaba qozondinglar. Ikkinchi uchrashuvdagi raqib ancha jiddiy. «Paxtakor» bu uchrashuvga qanday tayyorlanmoqda? Raqibinglarni o'rganib chiqdinglarmi?
-To'g'ri, bu safargi raqibimiz avvalgisidan ancha kuchli. Murabbiylar shtabi alohida reja tuzishgan va shu reja asosida raqibni o'rganyapmiz.
Shota Arveladze haqidagi ta'surot va fikringizni bir so'z bilan ifodalang?!
-Hmm… chinakam Evropalik murabbiy!
Aynan shu savol, faqat Ektor Kuper haqidagi fikringiz
Hmm… (O'ylanib) Uni bir so'z bilan tasvirlash qiyinroq ekan. U o'ziga yarasha kuchli va taktik murabbiy.
Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev suhbatlashdi