So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
UFA ga iltimos. Qo'shnilarimiz bilan kichik turnir.
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4428

Ko'plab muxlislar haligacha «Paxtakor» va «Qayrat» klublari o'rtasidagi sharqona «El-Klassiko»ni shirin xotiralar bilan eslashadi. To'g'ri, hozirda vaziyat o'zgargan, ammo yaxshi bir turnir tashkil etishning iloji borku!
Turnirning taxminiy ishtirokchilari va reglamenti
O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Tojikiston. Avvaliga sinov turnir sifatida o'tadigan musobaqaning ilk ishtirokchilari aynan shu terma jamoalar bo'lishi bizning jamoalar uchun ayni muddao bo'lishi aniq. Jamoalar bir guruhda joylashgan holda 3 ta turda ishtirok etishadi va ko'proq ochko to'plagan jamoa g'olib bo'ladi. Ko'rinishidan soddadek tuyilgan turnir biz uchun ancha foydali bo'lar edi.
Turnirning foydasi
Bu turnir uzoq masofalarga uchib borib o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishdan ko'ra ancha foydaliroq bo'lishi aniq. Ayniqsa, so'nggi yillarda qo'shnilarimizning futbol bobida ancha o'sishga erishgani ham taxsinga sazovor. Bu o'z navbatida uchrashuvlarning keskin va tomoshabop bo'lishini ta'minlaydi.
Terma jamoamiz legionerlarsiz tarkib bilan ishtirok etishsa, bir nechta ichki chempionatimizdagi futbolchilarni sinab olishimizga yaxshigina imkon tug'dirardi. JCh saralashlari arafasida bu turnir mahalliy futbolchilarimizning saviyasi va holatini ko'rib olish uchun qulay imkoniyat.
Ayniqsa, so'nggi Osiyo kubogidan keyin Qirg'iziston bilan o'rtoqlik maqomidagi uchrashuvda ishtirok etish bu muxlislarimizda qiziqish uyg'otishi aniq. Bu turnir Toshkent shahrida o'tkazilishi shart emas. Vodiydagi «Neftchi» va «Navbahor» stadionlari yoki vohada bu uchrashuvlarni bemalol yuqori saviyada o'tkaza olishadi.
Yangilanish, yangi g'oya, yangi marralar
«Futbolimiz rivoji uchun yangi g'oyalar juda ham muhim» deganida Umid Ahmadjonov naqadar haq edi. Bu turnir nafaqat futbolchilarimiz, balki qo'shni, qardosh xalqlar bilan aloqlarimizni yaxshilash yo'lida tashlangan sportcha qadam bo'lib xizmat qilishi aniq. Yillar davomida uzilib qolgan munosabatlar O'zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan qayta tiklandi.
Bu munosabatlarni yanada mustahkamlash yo'lida bu turnir bizga ham, qo'shnilarimizga ham foydadan holi bo'lmas edi. Prezidentimiz tomonidan tiklangan do'stona aloqalar yanada mustahkamlanar, yangi darajaga ko'tirlgan bo'lar edi.
Bu shunchaki yangi g'oya, xolos. Uning amalga oshish-oshmasligi ham kattagina so'roq ostida turibdi. Futbolimiz rivoji uchun yangi g'oyalar zarar qilmasligini hisobga olsak, bu taklifni ,albatta, do'ppini qo'lga olib, o'ylab ko'rish kerak.