So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Yangi mavsum oldidan yakuniy litsenziyalash bo'yicha tekshiruv jarayoni boshlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2681

Xabaringiz bor, Superliga va Pro-liga klublari yangi mavsum uchun futbolchi va murabbiylarini ro'yxatdan o'tkazishi uchun avvalo bir qator talablarni bajarishi lozim bo'ladi.
Oldindan ma'lumot berilganidek, “O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament”da ko'rsatilgan talablar, jumladan o'z akademiyasiga ega bo'lish, uy stadioni maydoni yaxshi holatda bo'lishini ta'minlash hamda futbolchilari oldida qarzdorligi mavjud emasligini ko'rsatgan klub haftaning istalgan kunida yangi futbolchilari bilan shartnomalarni ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
Biroq yangi mavsum starti borgan sayin yaqinlashayotgan bo'lsa-da, yuqorida sanab o'tilgan u yoki bu talabni bajarishni biroz paysalga solayotgan klublar ham yo'q emas.
Klublarda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni qanday olib borilayotgani bilan yaqindan tanishish maqsadida PFL monitoring guruhlari 9 fevral kuni bir qator klublarga tashrif buyurib, qanday kamchiliklar mavjud ekani va ularni bartaraf etish to'g'risida klublarga tavsiyalar bergan edi.
Bugundan litsenziyalash bo'limi yakuniy tekshiruv jarayonini boshladi. Bugun dastlab “Bunyodkor” klubi litsenziyalash bo'yicha talablarni qay darajada bajargani monitoringdan o'tkazildi. Ertaga AGMK jamoasi litsenziyalash bo'yicha tekshiruvdan o'tadi. Mazkur jarayon 20 fevralga qadar davom etadi va barcha klublar bo'yicha yakuniy xulosalar O'FAning maxsus komissiyasiga taqdim etiladi.