UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'FA mutasaddilari Gretsiya futbol federatsiyasi vakillari bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2745

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Evropa mamlakatlari futbol federatsiyalari bilan yaqin aloqalar o'rnatib, o'zbek futboli rivoji yo'lida ularning boy tajribasidan unumli foydalanish yo'lida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelishmoqda.
Jumladan, O'FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning maslahatchisi San'at Sharipov va O'FA Terma jamoalar departamenti direktori Sharofiddin Hojiniyozov bugun Gretsiya futbol federatsiyasi vakillari - Gretsiya futbol federatsiyasi Texnik direktori Xaralampos Zelenitsas, Gretsiya milliy terma jamoasi menejeri Despoina Papastatopulous hamda GFF Terma jamoalar bilan ishlash boshqarmasi vakili Antonis Zanetopulos bilan uchrashishdi.
Gretsiya futboli dunyoda o'z o'rniga ega bo'lib, bu mamlakat futbol metodologiyalari va murabbiylar tayyorlash bo'yicha Evropada etakchi mamlakatlar qatorida turadi.
2004 yilda Gretsiya Evropa chempionatida g'olib chiqqanidan keyin butun dunyoda Gretsiya terma jamoasining o'yin uslubi va natija uchun nihoyatda tartibli harakat qilish jihatlari sinchiklab o'rganilib, andozalar ko'chirishga harakat qilindi. Gretsiyada murabbiylik litsenziyasiga ega bo'lish uchun juda katta talab qo'yiladi. Shundan kelib chiqqan holda, bu erda murabbiylar faoliyatni boshlashdan avval o'z ustida ko'p ishlashi va murakkab imtihonlarga tayyor bo'lishi kerak bo'ladi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari Gretsiya futboli vakillari bilan uchrashuv chog'ida murabbiylar tayyorlash tizimi haqida fikr almashishdi. Gretsiyadagi futbol akademiyalarida yo'lga qo'yilgan ish uslubi o'rganildi hamda o'zbekistonlik bolalar murabbiylarini Gretsiyaga yuborib, o'sha erda malaka oshirish kurslarida tahsil olishlarini ta'minlash bo'yicha ham bir to'xtamga kelindi. Shuningdek, kelgusida bolalar futboli bo'yicha gretsiyalik mutaxassislarni, Pro sertifikati hamda "A" litsenziyasiga ega, Evropada kuchli hisoblangan murabbiylarni yurtimizga taklif etib, ular ishtirokida mamlakatimizdagi bolalar va o'smirlar akademiyalarida turli seminarlar va o'quv kurslari o'tkazish bo'yicha hamkorlik masalalari ko'rib chiqildi. Bundan tashqari, O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari bilan Gretsiya terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari o'tkazish bo'yicha ham kelishuvga erishildi.
O'zbekistonning ko'plab klublari va terma jamoalari qish mavsumida Turkiya mamlakatida yig'inlar tashkil etishadi. Gretsiya esa joylashuvi va iqlimi jihatdan Turkiyaga yaqin bo'lgani sababli, kelgusida Turkiyada yig'in o'tkazadigan jamoalar Gretsiyaga ham yo'l olib, bu erda nazorat o'yinlarini o'tkazish masalalari muhokama qilindi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!