So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Dinamo» nazorat o'yinida «Surxon»ni tor-mor etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9717

Toshkentda yangi mavsum taraddudini ko'rayotgan «Dinamo» jamoasi navbatdagi uchrashuvda «Surxon» klubiga qarshi maydonga tushdi.
Qibrayda o'tgan bahsda "Dinamo" bosh murabbiyi Davron Fayziev singari "Surxon" murabbiyi Anvar Soliev ham bir qator futbolchilarni sinovdan o'tkazdi.
Shiddatli kechgan bahsda Samarqand klubi Vohid Shodiev va Qadamboy Nurmetovning dubli evaziga Termiz jamoasini yirik hisobda mag'lub etdi.
«Dinamo» navbatdagi o'yinda 16 fevral kuni «Qo'qon-1912» jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Nazorat uchrashuvi.
14 fevral. Qibray
«DINAMO» - «SURXON» 3:0
Gollar: Vohid Shodiev 7, Qadamboy Nurmetov 53, 66.
«Dinamo»: Akram Xo'jaev, Akmal Xolmurodov, Hakimxon A'lamxonov, Avaz Agaliev, Otabek Narzullaev, Bobur Qosimov, Shoxruh, Komil Sharofutddinov, Sardor Eminov, Sanjar Baratov, Vohid Shodiev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Shohrux Raimov, Jasur Urinov, Sherzod Jalilov, Mirkomil Lokaev, Obid Hakimov, Damir Temirov, Dilmurod Karimov, Mirzakamol Kamolov, Sunatilla Abdullajonov, Qadamboy Nurmetov, Nozim Umurov.
«Surxon»: 1. Aslbek Amonov, 3. Ubaydullo Xalikulov, 4. Darko Stanoevich, 6.Ayubxon Nomonov, 8.Sherzod Karimov, 9. Dilshod Jabborov, 11. Zabixullo O'rinboev, 17.Abdul Aziz Yusupov, 21.A'zam Aliev, 23.Vladimir Bubanya, 30. Sherzod Xakimov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 12.Azamat Axmedov, 4. Azamat Allaniyazov, 15.Najmiddin Normurodov, 22.Yunusbek Abduvoxidov, 45. Abduholiq Raxmonov, 77.Abbosbek Maxstaliev, 99.Sarvar Soliev.