So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekistonlik ikki futbolchi Frantsiya chempionatiga yo'l olyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7624

O'zbekistonlik ikki nafar futbolchi Frantsiya chempionatiga yo'l olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda WorldNews internet nashriga yaqin futbol agenti ma'lum qildi.
“Ayni vaqtda futbolchilarning safar hujjatlari masalasi yakuniga etish jarayonida. Ushbu jarayon yakuniga etishi uchun kamida 10-15 kun vaqt talab etiladi. Shundan so'ng futbolchilar Frantsiya chempionatida ishtirok etadigan klub safiga borib qo'shilishadi.
Klub va futbolchilar nomini hozircha oshkor eta olmayman. Shartnoma imzolash masalasi hamda yana bir nechta shartlar bajarilgach, shaxsan futbolchilarning agenti sifatida yana qo'shimcha ma'lumotlar berib o'taman.
Eng asosiysi, Frantsiya klubi o'zbekistonlik futbolchilar xizmatlariga jiddiy qiziqgan”, deydi o'zbekistonlik futbolchilarning agenti.
Taxminlarga ko'ra, yuqorida ismi oshkor etilmagan futbolchi o'z vaqtida “Navbahor”, “Andijon”, “Dinamo” Samarqanda hamda AGMK klublari safida to'p surgan.
Ikkinchi futbolchi esa “Qo'qon-1912” klubining yanvarda bo'lib o'tgan Toshkentdagi yig'inida ishtirok etganligi aytilmoqda.