So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Messi va Dembele «Atletik Bilbao»ga qarshi o'yinda ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3547

Ispaniya chempionatining 23-turi doirasida "Barselona" klubi Bilbaoda "Atletik"ga qarshi bahs olib boradi. Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde mazkur o'yin qaydnomaga 19 nafar futbolchini kiritdi.
Ushbu o'yinda ishtiroki so'roq ostida turgan Lionel Messi va Usmon Dembele kengaytirilgan ro'yxatdan o'rin olishdi. Artur Melo, Rafinya Alkantara, Yasper Sillessen, Samuel Umtiti jarohat tufayli, Jordi Alba esa sariq kartochkalar yig'ilib qolgani sababli bugungi bahsda ishtirok etishmaydi.
«Barselona»ning «Atletik Bilbao»ga qarshi o'yin uchun kengaytirilgan ro'yxati:
Darvozabonlar: Mark-Andre ter Shtegen, Inyaki Penya.
Himoyachilar: Nelson Semedu, Jerar Pike, Kleman Langle, Jeyson Murilo, Serxi Roberto, Tomas Vermalen, Xuan Miranda.
Yarim himoyachilar: Ivan Rakitich, Serxio Buskets, Filippe Koutino, Karles Alenya, Arturo Vidal.
Hujumchilar: Luis Suares, Lionel Messi, Usmon Dembele, Malkom Filipe Silva, Kevin-Prins Boateng.