So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Evropa top-5 chempionatlarining eng ko'p maosh oluvchi murabbiylari e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4763

Frantsiyaning "L’Equipe" jurnali Evropaning top-5 chempionatlaridagi eng ko'p maosh oluvchi murabbiylar ro'yxatini e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, Ispaniya chempionatida eng ko'p maoshni «Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone oladi. Argentinalik mutaxassisning bir oylik maoshi 3,3 million evroni tashkil qiladi (soliqlarni chiqarib tashlamagan holda).
Angliya premer-ligasida esa eng ko'p maoshni «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola oladi. Uning oylik maoshi 1,9 million evroga teng.
A seriyada maoshlar bo'yicha «Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri barchani ortda qoldirgan – oyiga 1,14 million evro.
Bundesliganing eng yuqori maosh oluvchi murabbiyi Niko Kovach («Bavariya», 580 ming evro) bo'lsa, Frantsiyada – Tomas Tuxel («PSJ», 420 ming evro).