So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
AGMK - «Istiqlol» uchrashuvini Janubiy Koreyalik hakam boshqaradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17431

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi 12 fevral kuni Olmaliq shahrida bo'lib o'tadigan Osiyo Chempionlar ligasi 2019 saralash bosqichidan o'rin olgan AGMK va Tojikistonning «Istiqlol» jamoalari o'rtasidagi bahsni boshqarib boruvchi hakamlar ro'yxatini e'lon qildi.
Uchrashuv bosh hakami sifatida janubiy koreyalik FIFA referisi Kim Dong Jin tayinlangan bo'lsa, unga qanotlarda avstraliyalik laynsmenlar Jorj Lakridis va Rian Mark Gallaxer ko'maklashadi. Zaxira hakami qirg'izistonlik Dmitriy Mashentsev. Hakamlar nazoratchisi qatarlik Jassim Muxammad Al-Xayl bo'lsa uchrashuv komissari sifatida Qirg'iziston Respublikasidan Kemel Tokabaev ish olib boradi.
Osiyo Chempionlari Ligasi-2019
Ikkinchi saralash bosqich
12 fevral (seshanba)
AGMK (O'zbekiston) – «Istiqlol» (Tojikiston)
Uchrashuv 16:00da OKMK sport majmuasida boshlanadi.