So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Velosportchilarimiz Turkiyada reyting musobaqasiga tayyorgarlik ko'rishmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2867

Xabar berib o'tganimizdek, velosport bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Turkiyaning Alanya shahridagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga jo'nab ketgandilar. Sportchilarimiz mazkur yig'in doirasida xalqaro reyting musobaqalarida ham ishtirok etadilar.
Terma jamoamiz Turkiyaga quyidagi tarkibda yo'l olgan:
Murodjon Xolmurodov
Dilmurodjon Siddiqov
Sergey Medvedev
Akrom Sunnatov
Ekaterina Knebelova
Renata Baymetova
Doston Ollamov
Aleksey Famovskiy
Alina Xakimova
Sport direktori: Rustam Nurtdinov
Murabbiy: Azizbek Abdurahimov
Shifokor: Rustam Ablyaimov.
Erkaklar va ayollar o'rtasida shosse bo'yicha reyting turniri 9-10 fevral kunlari o'tkaziladi. Ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari litsenziyasi uchun qimmatli ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
Qayd etish lozimki, mazkur yig'in shuningdek Murod Xolmurodov uchun fevral oyi oxirida bo'lib o'tadigan jahon chempionati uchun tayyorgarlik vazifasini ham bajaradi.