So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. Chempionlik uchun kurashda kimning taqvimi engilroq?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6227

Ushbu mavsumda Angliya premer-ligasida chempionlik uchun kurash qizg'in kechmoqda. "Liverpul" va "Manchester Siti" jadvalning yuqori pog'onalarini egallab turgan bo'lsalar, "Tottenxem" uchinchi o'rinni band etgan.
Chempionat tugashiga 13 tur qolganida qaysi jamoaning taqvimi osonroq yoki qiyinroq? Mazkur 3ta jamoaning mavsumning qolgan qismi uchun taqvimi bilan tanishtirib o'tamiz.
"MANChESTER SITI"
"Shaharliklar"ni mavsum oxiriga qadar "Chelsi", "Manchester Yunayted", va "Tottenxem"ga qarshi qiyin o'yinlar kutib turibdi.
"LIVERPUL'"
Yurgen Klopp shogirdlarini ham aynan shu klublar — "Manchester Yunayted", "Tottenxem" va "Chelsi"ga qarshi murakkab bahslar kutmoqda. Chempionlikka da'vogar ikkita da'vogarning qolgan taqvimi o'xshashligi etiborga molik.
"TOTTENXEM"
Peshqadamlardan 5 ochko ortda qolayotgan "shporlar"ning taqvimi murakkabroq. Jamoani "Manchester Siti" va "Liverpul"ga qarshi bahslardan tashqari "Chelsi" va "Arsenal" bilan qiyin o'yinlar ham kutib turibdi.