UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekiston ayollar OTJning Turkiyadagi musobaqadagi raqiblari ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1483

Avval xabar berib o'tganimizdek, Tokio Olimpiadasining saralash bahslariga tayyorgarlik ko'rayotgan futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Alanya shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirda 8 ta terma jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. O'yinlar ikkita guruhda tashkil etiladi. Qizlarimiz «A» guruhida Ruminiya, Hindiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs yuritadilar. «B» guruhida esa Shimoliy Irlandiya, Frantsiya, Qozog'iston va Iordaniya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi. O'zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasining musobaqadagi taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan: 27 fevral: Hindiston – O'zbekiston (Side shahri, «Evrenseki» stadioni) 1 mart: O'zbekiston – Ruminiya (Side shahri, «Evrenseki» stadioni) 3 mart: O'zbekiston – Turkmaniston (Side shahri, «Xane» stadioni) 5 mart kuni Alanyadagi «Gold City» stadionida so'nggi uchrashuvlar tashkil etiladi: «A» guruhi 4-o'rin – «B» guruhi 4-o'rin «A» guruhi 2-o'rin – «B» guruhi 2-o'rin «A» guruhi 3-o'rin – «B» guruhi 3-o'rin «A» guruhi 1-o'rin – «B» guruhi 1-o'rin Terma jamoamiz qizlari ayni paytda Toshkent viloyatining «Chorbog'» oromgohida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda. Mashg'ulotlar 15 fevral kuni yakunlanadi. Shundan so'ng ularga uch kun dam beriladi. Safar oldidan tashkil etiladigan so'nggi yig'in 19-23 fevral kunlari «Chig'atoy» sport bazasida bo'lib o'tadi. 23 fevral tunda esa qizlarimiz Turkiyaga yo'l olishadi.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!