So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Qirg'iziston terma jamoasi etakchilaridan biri faoliyatini «Andijon»da davom ettiradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5188

Yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgan va o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olayotgan jamoamiz yana bir yangi o'yinchi bilan shartnoma imzoladi.
Yaqindagina yakuniga etgan Osiyo Kubogida mazmunli o'yin namoyish etib, muxlislarni xursand qila olgan Qirg'iziston terma jamoasi a'zosi, Qirg'iziston milliy terma jamoasining tarixiy goli muallifi - Ahliddin Isroilov “Andijon” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun:
Ahliddin Isroilov.
Ampluasi: Yarim himoyachi.
Yoshi: 24 yosh (1994 yil, 16 sentyabr).
O'ynagan jamoalari: “Dinamo-2” (Kiev) 2012-2016, “Cherkaskiy” (Dnepr) 2016-2017, “Neroka” (Hindiston) 2017, “PSIS Semarang” (Indoneziya) 2018.
Milliy terma jamoa safida turli musobaqalarda jami 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta tarixiy golga mualliflik qilgan.
«Andijon» matbuot xizmati.