So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Paxtakor» Odil Hamrobekovni OChL-2019 bahslari uchun ro'yxatdan o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3278

Xabaringiz bor, O'zbekiston vitse-chempioni “Paxtakor” OChL-2019 saralashi ikkinchi o'tish bosqichi doirasida 12 fevral kuni o'z maydonida Iroqning “Eyr Fors” jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Saralash bahslari ancha erta boshlangani bois “Paxtakor” saralash bahslarida qatnashuvchi o'yinchilarini rasmiy ro'yxatdan o'tkazish jarayonini allaqachon boshlab yuborgan edi. Bugun “Paxtakor” jamoasi yangi mavsum oldidan o'z safiga qo'shib olgan so'nggi futbolchisini ro'yxatdan o'tkazish uchun ariza topshirdi.
Shu paytga qadar “Nasaf” jamoasi safida o'ynab kelgan yarim himoyachi Odil Hamrobekov endi faoliyatini Toshkent klubi tarkibida davom ettiradi. “Paxtakor” rasmiylari futbolchi bilan tuzilgan shartnomani taqdim qildi.
PFL endilikda mazkur o'yinchi ham kiritilgan yakuniy ro'yxatni Osiyo Chempionlar ligasi bahslarida qatnashishi uchun OFKga taqdim qiladi.