So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo'zievning qonidan doping topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 6468

Boks bo'yicha Rio olimpiadasi kumush medal sohibi, Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo'zievning qonidan doping topilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yilgi tekshiruvlardan birida Meliqo'zievning doping tahlillari ijobiy natija bergan. Uning bir muddat musobaqalarda ishtirok eta olmaganiga aynan shu doping test natijalari sabab bo'lgani aytilmoqda. Biroq bu borada rasmiy manbalarda xabar berilmagan.
Eslatib o'tamiz, Bektemir Meliqo'ziev O'zbekiston terma jamoasiga nomzodlar saralab olinadigan so'nggi O'zbekiston chempionatida ham ishtirok etmagandi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, bunga uning jarohati sabab qilib ko'rsatilgan.
Hozircha Meliqo'zievning qonidan qanday taqiqlangan modda topilgani va bu borada qanday sanktsiyalar qo'llanilgani borasida aniq ma'lumotlar yo'q. Ayni vaqtda Meliqo'ziev mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda.