So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Reshfordning yagona goli «Manchester Yunayted»ga g'alaba keltirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 7450

Angliya chempionatining 25-turidan o'rin olgan «Lester» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. Mazkur bahsda mehmonlar minimal hisobdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida Markus Reshfordni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi, va zarba berishda adashmadi. Shu tariqa jamoasini oldinga olib chiqdi.
Qolgan vaqt mobaynida ikki tomonda ham bilan qator imkoniyatlar bo'ldi, ayniqsa o'yinning so'nggi daqiqalarida jamoalar ochiq futbol namoyish qilishdi. Biroq hisob o'zgarmay qoldi.
Shu tariqa, «Manchester Yunayted» ochkolarini 48taga etkazib olgan holda beshinchi o'ringa ko'tarilib oldi. «Lester» (32) esa 11-pog'onada qoldi.
APL, 25-tur
Lester – Manchester Yunayted 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 9 Reshford.
Lester – Shmeyxel, Evans, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Mendi (Ixeanacho, 84), Ndidi, Meddison (Gezzal, 62), Grey (Okadzaki, 74), Barns, Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi, Shou, Yang, Lindelef, Errera, Matich, Pogba, Lingard (Djons, 90), Sanches (Marsyal, 67), Reshford (Lukaku, 78).
Ogohlantirishlar: Lingard (20), Vardi (32), Matich (42), Mendi (45), Shou (80), Gezzal (82), Ndidi (90+2), Marsyal (90+3).