So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Dinamo» Qarshida «Nasaf» bilan durang o'ynadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 5527

Juma kuni Navoiyda “Qizilqum”ni mag'lub etib qaytgan “Dinamo” shanba kuni Qarshida Superliganing yana bir vakili “Nasaf”ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Qarshida o'tgan o'yinda ham “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev singari “Dinamo” bosh murabbiyi Davron Fayziev ham bir qator futbolchilarga imkoniyat berib, sinovdan o'tkazdi.
Xususan, “Dinamo” jamoasi bir kun avval Navoiyda “Qizilqum” (2:3) bilan o'yin o'tkazgani bois, Qarshida ikki bo'limda ikki xil tarkib bilan maydonga tushdi.
Uchrashuv davomida har ikki jamoa ham hisobni ochish uchun imkoniyatlarga ega bo'ldi, ammo tabloda hisob ochilmadi va o'yin durang 0:0 hisobida yakunlandi.
Ushbu bahs bilan “Dinamo” jamoasining yangi mavsum oldi rejalashtirgan 3-yig'ini ham yakunlandi. Samarqand klubi 5 fevral kunidan Toshkentda yakuniy o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi.
Nazorat uchrashuvi.
Qarshi. 2 fevral (shanba)
«NASAF» – «DINAMO» - 0:0
“Nasaf”: 1.Umid Ergashev, 3.Ilhomjon Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Xumoyun Murtazoev, 14.Sharof Muhitdinov, 15.Dilshod Saitov, 18.Bobir Davlatov, 27.Islom Rashidxonov, 38.Akmal Mozgovoy, 49.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov (s).
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: 12.Mashhurjon Muhammadjonov, Islom Kenjaboev, Bobir Abduxoliqov, Dilshod Xushbakov, Otabek Komiljonov, Sardor Sa'dullaev, Xudoyorxon Sagdullaev.
“Dinamo”: 27.Shohruh Raimov, 17. Otabek Narzullaev, 6. Akmal Xolmurodov, 4. Hakimxon A'lamxonov, 21. Avaz Agaliev, 70. Dilmurod Karimov, 90. Obid Hakimov, 41. Bobur Qosimov, 20. Amirjon Safarov, 19. Sanjar Baratov, 50. Vohid Shodiev.
Ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: 1. Shohruh Eshbo'taev, 23. Komil Sharofutdinov, 2. Mirkomil Lokaev, 10. Temur Sharipov, 11. Jasur Ashurov, 26. Dalerjon Almosjonov, 18. Sherzod Jalilov.