So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
O'FA va PFL rahbarlari Turkiya futbol federatsiyasi mutasaddilari bilan uchrashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 4244

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi futboli rivojlangan mamlakatlar futbol federatsiyalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va ularning tajribasidan unumli foydalanish yo'lida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilib, turli uchrashuvlar o'tkazib kelinmoqda.
Jumladan, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Otabek Imomov va Professional futbol ligasi bosh direktori Omon G'ofurov Turkiyada mamlakat futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Servet Yardimchi va bosh kotib Kadir Kardash bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Turkiya futbol federatsiyasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish, turli yoshdagi terma jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etish, turk klublarini Toshkentga taklif qilish, musobaqalarni o'tkazish tartibi, marketing masalalari, muxlislarni stadionlarga jalb qilish, o'zbek futbolchilarni Turkiya klublarida to'p surishlari bo'yicha muzokaralar o'tkazildi.
Bugun Turkiya klublari bazalariga tashrif buyurish ko'zda tutilgan. U erda klublar infratuzilmalari, stadionlar, maydonlar holati bilan yaqindan tanishib, klublarda marketing masalalari qanday yo'lga qo'yilganini o'rganib chiqish rejalashtirilgan.