So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Karatechilarimiz Parijdagi «Premer-Liga» turniriga yo'l olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1634

Avval xabar berib o'tganimizdek, 25-27 yanvar kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahrida karate bo'yicha nufuzli «Premer-Liga» reyting turniri bo'lib o'tadi. Musobaqada jahonning 82 mamlakatidan 750 dan ortiq sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradi. Ular qatorida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ham bahslarda ishtirok etadilar. Bugun mazkur turnirda qatnashuvchi karatechilarimiz Parijga yo'l olishdi. Ma'lumot uchun, «Premer-Liga» musobaqasi Tokio 2020 Olimpiadasi litsenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etuvchi turnirlardan biri hisoblanadi.
Terma jamoamiz Frantsiyaga quyidagi tarkibda jo'nab ketdi:
-60 kg: Sadriddin Saymatov
-67 kg: Iqboljon Uzoqov
-75 kg: Dostonbek Otabolaev
-50 kg: Bahriniso Babaeva
-61 kg: Barno Mirzaeva
Murabbiylar: O'ktam Bekpo'latov, Dilnoza Bakirova.
Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu musobaqada karatechilarimizga omad tilaydi.