So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
«Lokomotiv» nazorat o'yinida mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16584

Toshkentning “Lokomotiv” klubi ayni damda Dubayda yig'in o'tkazmoqda. “Temiryo'lchilar” kecha Daniyaning 10 karra chempioni “Brondbyu” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazdi va yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
"Lokomotiv" - "Brondbyu" (Daniya) 1:5
Gollar: Uilchek (38, 0:1), Timurxo'ja Abduholiqov (40, 1:1), Ercheg (52, 1:2), Doelpunt (53-pen, 1:3), Xedlund (80, 1:4), Ercheg (85, 1:5).
"Lokomotiv": Javohir Ilyosov, Farruh Ibrohimov, Sergey Proxorov, Igor Yelich, Sadriddin Abdullaev, Jamshid Iskanderov, Jaloliddin Jumaboev, Yovan Jokich, Xusniddin G'ofurov, Alisher Shog'ulomov, Timurxo'ja Abduholiqov.
Zaxiradan tushganlar: Ma'mur Ikromov, Bobur Ergashev, Bobur Otaxonov, Avazbek O'lmasaliev, Ulug'bek Abdullaev, Asad Ergashev, Azizbek Haydarov, Shuhrat Muhammadiev, Seiya Kojima.